Bugun soat 15:00 da Savdo-sanoat palatasi binosida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Mavzu:Yurtimizdagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchilar duch kelayotgan muammolar, sifat nazorati masalalari va ularni hal etish yo‘llari. Yig‘ilish Savdo-sanoat palatasi boshchiligida tashkil etilmoqda. Oflayn qatnashishni istaganlar – marhamat, Savdo-sanoat palatasi binosiga kelishingiz mumkin.Onlayn qatnashmoqchi bo‘lganlarga esa havola taqdim etiladi. Hurmatli ishlab
Hurmatli tadbirkorlar! 9 sentyabr kuni soat 9:30 da Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Prezidentning “Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-153-sonli yangi farmoni mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirish va uning ijrosini samarali taʼminlash maqsadida tashkil etilmoqda. Muloqotda tegishli idoralar vakillari ishtirok etadi.
Shu kunlarda yurtimizda xizmat safari bilan bo‘lib turgan Dubaylik ishbilarmon tadbirkorlar onlayn ravishda yurtimizda ishlab chiqarilayotgan qandolat shirinliklari, quritilgan mevalar, salqin ichimliklar, bolalar kukuruzasi va boshqa turdagi mahsulotlar bilan tanishishdi. Mehmonlar mahsulotlarning yuqori sifati va qadoqlanganligiga alohida ijobiy baho bergan holda, Yaqin sharq davlatlariga mahsulot eksportini yo‘lga qo‘yishda qanday omillarga ko‘proq eʼtibor qaratish to‘g‘risida o‘z
“Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–153-son, 04.09.2025 y.) qabul qilindi. 2026–2027 yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida rasmiy tovar aylanmasini kamida 3 baravar oshirish Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad etib belgilandi. 📃 Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan: ◾️qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq
Bugun O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi rahbariyati qabulida Dubayning yirik ishbilarmon vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Eksportchilar uyushmasi hamda Trade plus International LLC rahbariyati Janob Aqsar, Sajuta xonim va Janob Paramal qiziqishlariga ko‘ra yurtimizdan Yaqin sharq davlatlariga qayta ishlangan oziq-ovqat, xo‘l va quritilgan mevalar, dukkakli mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ushbu, uchrashuv va kelishuvlar kelgusida Yaqin
Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kengash a‘zolari, soha vakillari hamda nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. ✔️Yig‘ilishda ta‘kidlanganidek, Kengash vazirlik faoliyatida muhim ko‘makchi bo‘lib xizmat qiladi. Fuqarolik jamiyati institutlari, NNTlar va turli soha mutaxassislarining kengash tarkibiga jalb etilgani esa uning faoliyatini mustaqil va xolis olib
Unga ko‘ra, kelasi yil 1 yanvardan boshlab, qishloq xo‘jaligi korxonalari dehqon va fermerlarga o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotini (g‘alla va paxtadan tashqari) sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i nol stavkada bo‘ladi. Shu bilan birga, mahsulotni yetishtirishda urug‘, o‘g‘it, yoqilg‘i, transport, elektr kabi xarajatlar uchun hisobga olingan QQSni qaytarib berish amaliyoti ham saqlanib qoladi. Natijada fermer va dehqonlar
Sizlarni 17 sentyabr kuni Canton-Fair 2025″ ko‘rgazmasi doirasida onlayn tarzda bo‘lib o‘tadigan tadbirgra taklif etamiz. Onlayn tadbirda qurilish materiallari tarmog‘i doirasida V2V uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 🏭Onlayn V2V muzokaralarda Siz o‘zingiz ishlab chiqargan mahsulotlarni taqdimotini o‘tkazishingiz mumkin. Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlardagi mahsulotlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz: ✅ Qurilish materiallari ✅ Pilomateriallar/doskalar, fitinglar ✅ Metal, kimyoviy