Hurmatli tadbirkorlar! 9 sentyabr kuni soat 9:30 da Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Prezidentning “Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-153-sonli yangi farmoni mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirish va uning ijrosini samarali taʼminlash maqsadida tashkil etilmoqda. Muloqotda tegishli idoralar vakillari ishtirok etadi.