Hurmatli tadbirkorlar!
9 sentyabr kuni soat 9:30 da Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv Prezidentning “Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-153-sonli yangi farmoni mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirish va uning ijrosini samarali taʼminlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Muloqotda tegishli idoralar vakillari ishtirok etadi.
9 sentyabr, 9:30
International Hotel Tashkent (Bodomzor)
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
+99897 881 00 08



