Bugun O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi vakillari Boshqirdiston Yog‘och sanoati va mebel ishlab chiqaruvchilari uyushmasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🔹 Maqsad: O‘zbekiston bozorini tahlil qilish, yangi hamkorlar topish va yog‘och-taxta mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. 🤝 Ushbu uchrashuv ikki mamlakat tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda!
Bugun, Biznes Obudsman hamda O‘zbekiston Eksportchilar uyushmasi tadbirkorlarning faoliyatida davlat tashkilotlari bilan yuzaga kelayotgan muammolarni atroflicha o‘rganish, bartaraf etish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazildi. Ushbu ochiq muloqotda O‘zbekiston Eksportchilar uyushmasi raisi Yorqin Malikov, rais maslahatchisi Bobur Rasulov, Biznes Ombudsman o‘rinbosari Jamshid Urunov va tadbirkorlar ishtirok etdi. 📍 Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:✔️ Davlat va tadbirkorlar
Savdo-sanoat palatasi tomonidan Toshkent shahrida meva-sabzavot yetishtiruvchilari, karton qutilar, plastik va qog‘oz idishlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati tashkil etilishi rejalashtirilgan. Uchrashuvning asosiy maqsadi – eksport jarayonlarini takomillashtirish uchun meva-sabzavot mahsulotlarini qadoqlash sifatini oshirish, tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda sohada mavjud muammolarni muhokama qilishdan iborat. Sana: 23-yanvar, 10:00Manzil: International Hotel Tashkent (Bodomzor)Ro‘yxatdan o‘tish:
Xabaringiz bor, 26 yanvar – bojxona xizmati organlari xodimlari kuni! Shu boisdan bugun butunlay yangidan qurilgan “Navoiy” chegara bojxona postida “Xalqaro press klub”ning sayyor sessiyasi tasvirga olindi. Ushbu “Xalqaro press klub”ning sayyor sessiyasida O‘zbekiston Eksportchilar uyushmasi Boshqaruv raisi Yorqin Malikov, rais maslahatchisi Bobur Rasulov va uyushmaning boshqa mas’ul xodimlari ham ishtirok etdi. Davlatimiz Rahbarining nafaqat
O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari o‘rtasida qurilish materiallari eksportini yana-da oshirish, ikki davlat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida savdo aloqalarini yana-da rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan Dushanbe shahrida O‘zbekiston savdo uyi tashkil etildi. Ochilish marosimida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi Baxtiyor Bobokulov, O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari, ikki davlat tadbirkorlari va OAV vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar
O’zbekiston Eksportchilar uyushmasi jamoasi Qurolli kuchlarimizning harbiy xizmatchilari va faxriylari, huquq-tartibot idoralari xodimlari hamda yurtimiz o‘g‘lonlarini “Vatan himoyachilari kuni” va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 33 yilligi bilan tabriklaydi. Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, xizmatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan milliy brendlar ro‘yxatiga kiritilgan brend egalariga quyidagi xarajatlarning 50 foizigacha qismi qoplab beriladi: -Standartlashtirish va sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlarini joriy etish; -Xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) ro‘yxatdan o‘tkazish; -Xalqaro savdo maydonchalariga (marketpleyslarga) chiqish; -Xorijiy davlatlardagi “Made in Uzbekistan” shourumlarida mahsulotlarini joylashtirish; -Xorijiy sado uylarini tashkil qilishda binolarni