“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan milliy brendlar ro‘yxatiga kiritilgan brend egalariga quyidagi xarajatlarning 50 foizigacha qismi qoplab beriladi:
-Standartlashtirish va sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlarini joriy etish;
-Xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) ro‘yxatdan o‘tkazish;
-Xalqaro savdo maydonchalariga (marketpleyslarga) chiqish;
-Xorijiy davlatlardagi “Made in Uzbekistan” shourumlarida mahsulotlarini joylashtirish;
-Xorijiy sado uylarini tashkil qilishda binolarni ijaraga olish;
-Xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish, joyni ijaraga olish, ko‘rgazma stendlarini tashkil etish;
-Mahsulotlar reklamasini Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish;
-Ishlab chiqarish biznes jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha (CRM,ERP,CERM) axborot tizimlarini joriy qilish;
-Xorijiy mutaxassislar ro‘yxatiga muvofiq kamida bir yilga jalb qilingan malakali xorijiy mutaxassislarning ish haqisini to‘lash.
Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy yordamlardan ushbu platforma orqali foydalanishingiz mumkin:
Batafsil maʼlumot uchun:
+998712070406



