Dushanbe shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochildi

O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari o‘rtasida qurilish materiallari eksportini yana-da oshirish, ikki davlat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida savdo aloqalarini yana-da rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan Dushanbe shahrida O‘zbekiston savdo uyi tashkil etildi.

Ochilish marosimida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi Baxtiyor Bobokulov, O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari, ikki davlat tadbirkorlari va OAV vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar savdo maskanida yaratilgan sharoitlar, mahsulotlar ko‘rgazmasi va narxlari bilan yaqindan tanishdilar.

O‘zbekiston savdo uyi manzili:

Tojikiston Respublikasi, Dushanbe shahri

Neʼmat Qoraboyev ko‘chasi, 30 uy

Mazkur savdo uyiga mahsulotlarini joylashtirishmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar +998939559991 telefon raqami orqali batafsil maʼlumot olishlari mumkin.

Telegram
Facebook
WhatsApp
Email
Print
Yorqin Malikov - Uyushma Raisi

O'zbekistondagi barcha tadbirkorlar chet el bozoriga chiqa oladi.

So'nggi Yangiliklar
Translate »