O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari o‘rtasida qurilish materiallari eksportini yana-da oshirish, ikki davlat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida savdo aloqalarini yana-da rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan Dushanbe shahrida O‘zbekiston savdo uyi tashkil etildi. Ochilish marosimida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi Baxtiyor Bobokulov, O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari, ikki davlat tadbirkorlari va OAV vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar