Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kengash a‘zolari, soha vakillari hamda nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

✔️Yig‘ilishda ta‘kidlanganidek, Kengash vazirlik faoliyatida muhim ko‘makchi bo‘lib xizmat qiladi. Fuqarolik jamiyati institutlari, NNTlar va turli soha mutaxassislarining kengash tarkibiga jalb etilgani esa uning faoliyatini mustaqil va xolis olib borishga zamin yaratadi.

🌐Kun tartibidagi masalalar keng ko‘lamli bo‘ldi. Kengash a‘zolarining takliflariga ko‘ra, OAV bilan hamkorlikni kuchaytirish, jarayonlarni interaktiv tarzda tashkil etish, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan keng foydalanish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

⚙️Yig‘ilishda chorvachilik sohasida olib borilayotgan ishlar ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, yangi qaror loyihasi ishlab chiqilayotgani, unda tizimni yana-da takomillashtirishga oid qator o‘zgarishlar nazarda tutilayotgani ma‘lum qilindi. Chorva ozuqalarini yetishtirish masalasi ham chuqur muhokama etilib, aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.

✅Shu bilan birga, paxta terimiga tayyorgarlik masalalari ham kun tartibidan o‘rin oldi. Ishtirokchilar sohani rivojlantirish, mavjud muammolarni yechish va samaradorlikni oshirish borasida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Telegram
Facebook
WhatsApp
Email
Print
Yorqin Malikov - Uyushma Raisi

O'zbekistondagi barcha tadbirkorlar chet el bozoriga chiqa oladi.

So'nggi Yangiliklar
Translate »