Hozirda O‘zbekiston Eksportchilari uyushmasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda UzTest DUK hamkorligida “Meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmini oshirishda zamonaviy qadoqlashning o‘rni” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbirda mahsulotlarni xalqaro talablar asosida qadoqlash, sifat nazorati va eksport hajmini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Biznesingizni yangi bosqichga olib chiqing! 📍 Joy: Rimini, Hotel Sympathy📅 Sana: 6-8 may, 2025 Meva-sabzavot sektori bo‘yicha dunyodagi eng nufuzli tadbir – Macfrut 2025 sizni Rimini Fiera markazida kutmoqda! 🌍✨ 📌 1983-yildan beri o‘tkazib kelinayotgan ushbu ko‘rgazma har yili 100ga yaqin davlatdan 40 000+ ishtirokchini bir joyga jamlaydi! 🔹 Nega aynan Macfrut 2025?✅ Eng so‘nggi
Bugun O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi vakillari Boshqirdiston Yog‘och sanoati va mebel ishlab chiqaruvchilari uyushmasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🔹 Maqsad: O‘zbekiston bozorini tahlil qilish, yangi hamkorlar topish va yog‘och-taxta mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. 🤝 Ushbu uchrashuv ikki mamlakat tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda!
Savdo-sanoat palatasi tomonidan Toshkent shahrida meva-sabzavot yetishtiruvchilari, karton qutilar, plastik va qog‘oz idishlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati tashkil etilishi rejalashtirilgan. Uchrashuvning asosiy maqsadi – eksport jarayonlarini takomillashtirish uchun meva-sabzavot mahsulotlarini qadoqlash sifatini oshirish, tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda sohada mavjud muammolarni muhokama qilishdan iborat. Sana: 23-yanvar, 10:00Manzil: International Hotel Tashkent (Bodomzor)Ro‘yxatdan o‘tish:
O’zbekiston Eksportchilar uyushmasi jamoasi Qurolli kuchlarimizning harbiy xizmatchilari va faxriylari, huquq-tartibot idoralari xodimlari hamda yurtimiz o‘g‘lonlarini “Vatan himoyachilari kuni” va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 33 yilligi bilan tabriklaydi. Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, xizmatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan milliy brendlar ro‘yxatiga kiritilgan brend egalariga quyidagi xarajatlarning 50 foizigacha qismi qoplab beriladi: -Standartlashtirish va sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlarini joriy etish; -Xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) ro‘yxatdan o‘tkazish; -Xalqaro savdo maydonchalariga (marketpleyslarga) chiqish; -Xorijiy davlatlardagi “Made in Uzbekistan” shourumlarida mahsulotlarini joylashtirish; -Xorijiy sado uylarini tashkil qilishda binolarni
Viloyatimizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportini oshirish va eksportchi korxonlarni yangi hamkorlar topishda ko‘maklashish maqsadida Qirg‘iziston Respublikasining “Umai Group” MCHJ importchi korxonasi hamda mahalliy eksportchilar “Bilimjon Agro” MChJ va “Bik Food Ekspo” MChJ korxonalari ishtirokida B2B biznes uchrashuvi tashkil etildi. 🤝 Ushbu uchrashuvda eksportchi va importchilar o‘rtasida muzokaralar olib borildi hamda kelgusida ikki tomonlama manfaatli
Xitoy Xalq Respublikasi Liaoning provinsiyasining “Xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik” xalqaro uyushmasi va O‘zbekiston Eksportchilari uyushmasi oʻrtasida doʻstona hamkorlikni amalga oshirish toʻgʻrisida memorandum imzolandi. ✅ Uchrashuvdan maqsad ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni yaxshilash, eksport-import salohiyatini oshirish,yangi imkoniyatlar yaratish, shuningdek, ikki davlat tadbirkorlari o’rtasida tajriba almashish va hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Oziq-ovqat mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarga eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun 2 yil muddatgacha moliyaviy resurslar ajratiladi: Moliyaviy resurslar ajratish stavkasi va muddati:▸4 % Xorijiy valyutadaShundan:▸2 % Bank marjasi;Moliyaviy resurslar korxonalarning oxirgi 12 oy davomida amalga oshirgan eksport hajmidan kelib chiqib ajratiladi. Ushbu imtiyozli kreditdan foydalanish uchun https://subsidiya.epauzb.uz elektron portali orqali murojaat
Mahalliy tadbirkorlik subyektlarimizni qo‘llab-quvvatlash hamda respublikamizdan amalga oshirilayotgan eksport hajmlarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Eksportchilar Uyushmasi tomonidan joriy yilning 09-10; 16-17; 23-24-dekabr kunlari soat 16:00 dan 18:00 ga qadar 6 kunlik o‘quv seminari tashkil etilmoqda. O‘quv kursi davomida yuqori malakali mutaxasislar tomonidan katta bilim va tajribaga ega bo‘lishingiz mumkin. Barchangizni o‘quv kursimizga taklif qilamiiz. Ushbu imkoniyatni