Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Sayxunobod tajribasi” asosida, tumanning 19 ta mahallasida jami 300 gektar tomorqa yer maydonlariga (Amerika gantel navli) eksportbob oshqovoq ekilgan edi. Hozirgi kunda tumanimizda ekilgan jami 300 gektar yer maydonidagi oshqovoqlar eksportga tayyorlash jarayonida. Ushbu jarayon mahalliy dehqonlar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda, chunki oshqovoq mahsuloti nafaqat ichki bozorda, balki xalqaro bozorda