Dohada o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston mahsulotlari” savdo yarmarkasining birinchi kunidayoq mahalliy aholining O‘zbekistonning ho‘l va quritilgan mevalari, ichimliklari, sneklari hamda boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekani kuzatildi.
👫 Yarmarkada O‘zbekistondan 22 ta korxona o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etib, sifatli milliy brendlarni xalqaro maydonda targ‘ib etmoqda. Mazkur tadbir ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini mustahkamlash, yangi eksport shartnomalarini yo‘lga qo‘yish va O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarining Yaqin Sharq bozoriga kirib borishini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

📊 Aytish kerakki, Qatar Yaqin Sharqdagi barqaror iqtisodiyotlardan biri bo‘lib, aholining xarid qobiliyati yuqori. Mamlakatning ichki iste’molining katta qismi import hisobiga to’g’ri keladi, bu esa O‘zbekiston eksportchilari uchun qulay imkoniyat yaratadi.
🤩 Iqlim sharoiti sababli mazkur mahsulotlarning aksariyati chetdan olib kelinadi. Shu bois O‘zbekistonning meva-sabzavot, quritilgan mahsulotlar, sharbatlar va yengil iste’mol tovarlari uchun keng bozor mavjud.
🌐 Shuningdek, Qatar orqali GCC (Saudiya Arabistoni, BAA, Quvayt, Bahrayn, Ummon) bozorlariga chiqish imkoniyati ham mavjud.



