25-noyabr kuni O‘zbekiston Eksportchilari uyushmasi raisi Yorqin Malikov Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo‘mitasi ijrochi direktori Mixael Harms bilan uchrashdi.
Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ilgari erishilgan kelishuvlarni amalda ro‘yobga chiqarish hamda istiqbolli loyihalar samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda, shuningdek, Germaniyaning yangi kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb etish, qo‘shma tashabbuslarni kengaytirish va iqtisodiy sheriklikni izchil rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.
Tadbir yakunida tomonlar yangi tashabbuslarni faol ishlab chiqishga tayyor ekanini bildirar ekan, O‘zbekiston–Germaniya hamkorligi uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.



