Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar

Shu kunlarda yurtimizda xizmat safari bilan bo‘lib turgan Dubaylik ishbilarmon tadbirkorlar onlayn ravishda yurtimizda ishlab chiqarilayotgan qandolat shirinliklari, quritilgan mevalar, salqin ichimliklar, bolalar kukuruzasi va boshqa turdagi mahsulotlar bilan tanishishdi.

Mehmonlar mahsulotlarning yuqori sifati va qadoqlanganligiga alohida ijobiy baho bergan holda, Yaqin sharq davlatlariga mahsulot eksportini yo‘lga qo‘yishda qanday omillarga ko‘proq eʼtibor qaratish to‘g‘risida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuv juda do‘stona va yuqori surʼatda o‘tdi. Yakunga ko‘ra mahsulotlarni eksport qilishga kelishuvga erishilgani va tez kunda shartnoma imzolanishini mamnuniyat bilan maʼlum qilamiz.

Yaqin sharq davlatlariga (Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Ummon, Baxrayn, Quvayt) o‘z mahsulotingizni eksport qilmokchi bo‘lsangiz, O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi bilan bog‘laning.

Telegram
Facebook
WhatsApp
Email
Print
Yorqin Malikov - Uyushma Raisi

O'zbekistondagi barcha tadbirkorlar chet el bozoriga chiqa oladi.

So'nggi Yangiliklar
Translate »