Sayxunobod tumanida tomorqa yer maydonlariga ekilgan eksportga mo‘ljallangan oshqovoqlar hozirda eksport uchun tayyorlanmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Sayxunobod tajribasi” asosida, tumanning 19 ta mahallasida jami 300 gektar tomorqa yer maydonlariga (Amerika gantel navli) eksportbob oshqovoq ekilgan edi.

Hozirgi kunda tumanimizda ekilgan jami 300 gektar yer maydonidagi oshqovoqlar eksportga tayyorlash jarayonida. Ushbu jarayon mahalliy dehqonlar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda, chunki oshqovoq mahsuloti nafaqat ichki bozorda, balki xalqaro bozorda ham talabga ega.

Tuman hokimi K.Mullajanov eksport qilinishiga tayyorlanayotgan (Amerika gantel navli) oshqovoqlarni ekilgan maydonlardan yig‘ish hamda saqlash jarayonlari bilan tanishib chiqdi.

Telegram
Facebook
WhatsApp
Email
Print
Yorqin Malikov - Uyushma Raisi

O'zbekistondagi barcha tadbirkorlar chet el bozoriga chiqa oladi.

So'nggi Yangiliklar
Translate »