O‘zbekiston Eksportchilar Uyushmasi delegatsiyasi Mo‘g‘ulistonga amalga oshirilayotgan xizmat safari doirasida mamlakatning yirik savdo tarmoqlaridan biri — CU bilan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlarini ushbu savdo tarmog‘i orqali Mo‘g‘uliston bozoriga olib kirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Ma’lumot uchun:
CU savdo tarmog‘i Mo‘g‘uliston bo‘ylab 560 ta savdo shoxobchasiga ega bo‘lib, mamlakatdagi eng keng qamrovli retail tarmoqlardan biri hisoblanadi.
Kelgusida:
• o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan onlayn B2B uchrashuvlar tashkil etiladi,
• mahsulotlar bo‘yicha elektron kataloglar shakllantiriladi,
• tanlab olingan mahsulot namunalari Mo‘g‘ulistonga yetkazib beriladi.
Uyushma eksport shartnomalarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlarga bevosita amaliy ko‘mak ko‘rsatadi



