O‘zbekiston Eksportchilar Uyushmasi va Mo‘g‘uliston Milliy Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Mo‘g‘uliston Milliy Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti B. Lkhagvajav hamda O‘zbekiston Eksportchilar Uyushmasi raisi Yorqin Malikov o‘rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinib, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, tomonlar tomonidan Toshkent shahrida Mo‘g‘ulistonlik tadbirkorlar ishtirokida biznes forum tashkil etish taklifi ilgari surildi.
Bundan tashqari:
• Mo‘g‘uliston bozorida yuqori talabga ega mahsulotlarni aniqlash,
• ushbu mahsulotlarni tizimli ravishda import qilishni yo‘lga qo‘yish,
• Mo‘g‘ulistonda savdo faoliyatini yo‘lga qo‘yayotgan hamda qo‘shma korxonalar tashkil etayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash
masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar mazkur jarayonlarda tadbirkorlarga huquqiy himoya ko‘rsatish, shuningdek, biznes yuritishda amaliy va yuridik ko‘mak berish bo‘yicha ham kelishuvga erishdilar.



