Savdo-sanoat palatasi tomonidan Toshkent shahrida meva-sabzavot yetishtiruvchilari, karton qutilar, plastik va qog‘oz idishlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuvning asosiy maqsadi – eksport jarayonlarini takomillashtirish uchun meva-sabzavot mahsulotlarini qadoqlash sifatini oshirish, tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda sohada mavjud muammolarni muhokama qilishdan iborat.
Sana: 23-yanvar, 10:00
Manzil: International Hotel Tashkent (Bodomzor)
Ro‘yxatdan o‘tish: +998781506006



