Ulug’bek Yunusovga Marg‘ilon shahridagi zamonaviy meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonasi faoliyati tanishtirildi.
Ushbu korxona, tadbirkorning 2 million dollar o‘z mablag‘lari hamda Jahon banki loyihasi doirasida taqdim etilgan qariyb 600 ming dollar kredit hisobiga barpo etilgan.
Asosan, Turkiyadan, shuningdek, qisman Xitoydan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar yordamida yillik 3 ming tonna meva va sabzavotni qayta ishlab, qadoqlanadi.
Hozirda mahsulotlar MDH davlatlariga eksport qilinmoqda. O’simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori o’rinbosari Ulug’bek Yunusov korxona faoliyati bilan tanishar ekan, tadbirkor bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda xorijga eksport qilinayotgan mahsulotlar sifatini yanada oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.



